Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga davlat tashrifi bilan boradi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan 30-iyul – 1-avgust kunlari davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonda bo‘ladi.
Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston yetakchisi Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining norasmiy Maslahat uchrashuvi hamda boshqa tadbirlarda ishtirok etadi.