Shavkat Mirziyoyev “Kelajak o‘yinlari” xalqaro musobaqasining ochilish marosimida ishtirok etdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida o‘tkazilgan “Kelajak o‘yinlari” uchinchi xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.
“Baris Arena” muz saroyida bo‘lib o‘tgan tadbirda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon hamda boshqa xorijiy mehmonlar qatnashdi.
Davlat rahbari xalqaro turnir ishtirokchilarini qutladi.
Ma’lumot uchun, birinchi “Kelajak o‘yinlari” 2024-yilda Qozon shahrida, ikkinchi musobaqa esa 2025-yilda Abu-Dabi shahrida o‘tkazilgan.
Joriy yilgi musobaqalarda O‘zbekiston vakillari fijital futbol, lazerteg va raqs yo‘nalishlarida ishtirok etadi.