O‘zbekiston boksi Osiyoda mutlaq ustunligini yana bir bor tasdiqladi

Asosiy rasm

Indoneziyada boks bo‘yicha U19 va U23 yosh toifalari o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari yorqin natijalarni qayd etib, barcha to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.

Shu tariqa, o‘zbekistonlik bokschilar Osiyo qit’asida o‘zlarining mutlaq ustunligini yana bir bor namoyish etdilar.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, sportchilarimiz jami 21 ta oltin, 6 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Qizlar o‘rtasidagi bahslarda:

U19 yosh toifasida 4 ta oltin va 2 ta kumush medal;
U23 yosh toifasida 6 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medal qo‘lga kiritildi.

Yigitlar o‘rtasidagi musobaqalarda esa:

U19 yosh toifasida 7 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medal;
U23 yosh toifasida 4 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medal qo‘lga kiritildi.


Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring