Muborak tumanidagi yo‘l hodisasi yuzasidan ma’lumot

Asosiy rasm

Bugun soat 07:32 da Muborak tumani "Quruvchilar" MFY hududidan o‘tgan A-380 "Qarshi–Buxoro" avtomobil yo‘lining 128-kilometrida yo‘l hodisasi sodir bo‘ldi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Qarshi shahridan Buxoro viloyati tomon harakatlanib ketayotgan, Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida yashovchi, 1972-yilda tug‘ilgan J.J. boshqaruvidagi Nexia-2 rusumli avtomashinaga o‘rnatilgan metan gaz balloni bilan bog‘liq favqulodda holat yuz bergan.

Hodisa oqibatida avtomashina ichida bo‘lgan bir nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan.

Shuningdek, ikki nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan Muborak tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Hodisa oqibatida yong‘in sodir bo‘lmagan.

Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Muborak tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring