Endi xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beruvchi tibbiy maʼlumotnomani onlayn olish mumkin
Oʻzbekistonda avtotransport vositasini boshqarishda xavfsizlik kamarini taqishga toʻsqinlik qiluvchi kasalligi mavjud fuqarolar uchun tibbiy maʼlumotnomani onlayn olish imkoniyati yaratildi.
Mazkur xizmat bepul koʻrsatiladi va uni olish uchun qoʻshimcha hujjatlar talab etilmaydi.
Bunday imtiyozni beruvchi kasalliklar va holatlar roʻyxatiga 20 turdagi tashxis kiritilgan.
Yangi elektron xizmat fuqarolarga zarur tibbiy maʼlumotnomani masofadan turib, ortiqcha vaqt va xarajatlarsiz olish imkonini beradi.