O‘zbekiston bokschilari Jahon kubogida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi

Asosiy rasm

Xitoyda bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Jahon kubogida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Hamyurtlarimiz musobaqani 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medal bilan yakunlab, eng yaqin ta’qibchilarini ortda qoldirdi. Ikkinchi o‘rinni Qozog‘iston terma jamoasi egallagan bo‘lsa, Fransiya uchinchi pog‘onadan joy oldi.

Ayollar terma jamoasi natijalari ham qo‘shib hisoblanganda, O‘zbekiston delegatsiyasi Jahon kubogini jami 4 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medal bilan yakunladi.

Oltin medallarni Abdumalik Xalokov, To‘rabek Habibullayev, Javohir Ummataliyev hamda Nigina O‘ktamova qo‘lga kiritdi.

Mazkur natija o‘zbekistonlik bokschilarning xalqaro maydondagi yuksak salohiyati va mamlakatimizda boks sporti izchil rivojlanib borayotganining yana bir yorqin tasdig‘i bo‘ldi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring