Barcha hududlarda xospislar tashkil qilinadi

Asosiy rasm

Shavkat Mirziyoyev onkologiya xizmati va palliativ yordam sohasini takomillashtirish hamda shifokorlarni qo‘llab-quvvatlashga oid taqdimot bilan tanishdi.

Unga ko‘ra:

2027-yildan Saratonga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy dastur joriy etiladi. Uning doirasida maqsadli skrining qamrovini 60 foizga yetkazish va bemorlarning 5 yillik umr ko‘rish ko‘rsatkichini 35 foizdan 45 foizga oshirish belgilangan;

1-sentabrdan respublikada palliativ va xospis yordamini ko‘rsatishning yagona tizimi tibbiy va ijtimoiy xizmatlar integratsiyasi asosida tashkil etiladi. Palliativ yordamga muhtoj shaxslarni aniqlash, yo‘llash, hisobga olish va xizmat ko‘rsatish jarayonlari elektron axborot tizimi orqali amalga oshiriladi;

– aholining ehtiyojlaridan kelib chiqib, barcha hududlarda xospis muassasalari bosqichma-bosqich tashkil etiladi. Toshkent shahar hududlararo xospisi palliativ va xospis yordamini metodologik boshqarish hamda hududlarda mazkur xizmatni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mas’ul muassasa etib belgilanadi;

– kamida 15 yillik ish stajiga ega davlat tibbiyot muassasalari xodimlari farzandlarining respublika OTMlari bakalavriatida o‘qishi uchun yillik kontrakt to‘lovining bir qismi qoplab beriladi. Shuningdek, shunday ish stajiga ega xodimlarga ipoteka krediti asosida uy-joy sotib olishda dastlabki badalning bir qismi kompensatsiya qilinadi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

O'xshash maqolalar topilmadi.

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring