Navoiy korxonalarini Yevropa bozorlariga tayyorlaş böyiça memorandum imzolandi

Asosiy rasm

Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Germaniyaning Fraunhofer IPK instituti örtasida Navoiyda maşinasozlikni rivojlantiriş, ehtiyot qismlarni mahalliylaştiriş va Yevropa bozorlariga çiqiş imkoniyatlarini kengaytiriş böyiça hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hamkorlik doirasida kamida beşta mahalliy maşinasozlik va avtomobilsozlik korxonasining texnologik imkoniyatlarini baholaş, ularni Yevropa sanoat xaridorlari talablariga tayyorlaş közda tutilgan. Import qilinayotgan ehtiyot qismlar va avtomobil komponentlarini mahalliy işlab çiqariş böyiça yeçimlar ham işlab çiqiladi.

Şuningdek, potensial xaridorlar bilan aloqalar örnatiş, sinov buyurtmalari ustida işlaş va Yevropa kompaniyalari işlab çiqarişini Özbekistonda joylaştiriş imkoniyatlari örganiladi.

Muzokaralarda Navoiy uçun beş yillik aqlli ixtisoslaşuv strategiyasi va 24 oylik amaliy harakatlar rejasini işlab çiqiş taklif qilingan. Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universiteti qoşida innovatsiyalar institutini taşkil etiş imkoniyati ham örganiladi.




Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring