Manuchehr Mirzayev Ta’lim va ilm-fan vazirligida departament rahbari etib tayinlandi
Manuchehr Boborahimovich Mirzayev Ta’lim va ilm-fan vazirligining Raqamli transformatsiya va axborot siyosati departamenti rahbari lavozimiga tayinlandi.
U 2025-yil fevralda Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari, hokimning matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan edi. Bunga qadar Samarqand viloyati hokimligida xuddi shu yo‘nalishda faoliyat yuritgan.
Mirzayev Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari – matbuot kotibi vazifasiga 2019-yil avgustda tayinlangan. Undan avval Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Surxondaryo hududiy bo‘limi, Surxondaryo viloyati hokimligi va boshqa tashkilotlarda ishlagan.
Manuchehr Mirzayev 1983-yil 8-aprelda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan.