Farrux Abduraimov Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari etib saylandi
Senat Kengashining 3-noyabrdagi qarori bilan Farrux Soyibjonovich Abduraimov besh yil muddatga Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari – sudlov hay’ati raisi lavozimiga saylandi.
Shu bilan birga, Alisher Ataxanovich Usmanov Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.