Ta’lim va ilm-fan vaziriga uch nafar o‘rinbosar tayinlandi
Ta’lim va ilm-fan vazirligida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.
Oybek Behzodovich Yo‘ldoshev vazirning birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. U bunga qadar «PwC Uzbekistan» kompaniyasining davlat sektori, infratuzilma va ESG bo‘yicha konsalting amaliyoti direktori lavozimida ishlagan.
Mehriniso Doniyorovna Pardayeva vazir o‘rinbosari etib tayinlandi. Avval Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida boshqarma boshlig‘i bo‘lgan.
Sanjar Mahamatjan o‘g‘li Mirzaliyev ham vazir o‘rinbosari etib tayinlandi. U tayinlovga qadar Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti ijrochi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.