Toshkentda ayrim daha va mavzelarni nomlash bo‘yicha aholi fikri o‘rganiladi
Poytaxtning ayrim tumanlaridagi daha va mavzelar nomlari hamda ularning geografik joylashuvini qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish taklif etilmoqda. Toshkent shahar hokimligi bu borada aholi fikri o‘rganilishini ma’lum qildi.
Takliflar tuman hokimliklari tomonidan Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha shahar komissiyasiga kiritilgan.
Aholi 19-oktabrdan 2-noyabrga qadar geonom.tashkent.uz sayti orqali o‘z fikrini bildirishi mumkin.
Shuningdek, fikr va takliflar quyidagi shakllarda qabul qilinadi:
Telefon: +998 71 210-04-13, ish kunlari soat 09:00–17:00;
Elektron pochta: geonom@digitaltashkent.uz;
Pochta manzili: 100060, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 51-uy.