Toshkent shahar hokimligi shahar va tuman hokimliklari, shahar boshqarmalari hamda ularga qarashli bo‘linmalarning ish vaqtini soat 8:00 dan 17:00 gacha etib belgilash taklifini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.
Bunda ish kunining davomiyligi o‘zgarmaydi – xodimlar ishni bir soat ertaroq boshlab, bir soat ertaroq yakunlaydi.
Hokimlik ma’lumotiga ko‘ra, ish jadvallarini uyg‘unlashtirish fuqarolarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, bir nechta idora ishtirokini talab qiladigan masalalarni tezroq muvofiqlashtirish imkonini beradi.
Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tahlillariga ko‘ra, ish boshlanish vaqtlarini taqsimlash ertalabki tig‘iz vaqtda transport oqimini kamaytirishga yordam berishi mumkin. Yangi grafikda tushlik vaqti ham shunga mos ravishda tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
Taklif bo‘yicha jamoatchilik so‘rovnomasi o‘tkazilmoqda. Uning natijalari 28-avgust kuni sarhisob qilinadi. Agar tashabbus aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlansa, taklif belgilangan tartibda kasaba uyushmalari bilan kelishish uchun kiritiladi.
Teglar:Teglar yo'q
Ulashish:
O'xshash maqolalar
O'xshash maqolalar topilmadi.
Sharhlar (0)
Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!