Toshkentning to‘rt tumaniga hokimlar tayinlandi

Asosiy rasm

Toshkent shahar hokimligi Yashnobod, Yangihayot, Chilonzor va Yakkasaroy tumanlaridagi tayinlovlar haqida ma’lumot berdi.

Abdulaziz Abdulxakov Yashnobod tumani hokimi etib tayinlandi. U 2025-yildan «UET Construction» MChJning ijtimoiy obyektlarni qurish departamenti direktori bo‘lib ishlagan. Avval Mirzo Ulug‘bek tumani hokimining qurilish, infratuzilma va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan.

Lazizbek Temirov Yangihayot tumani hokimi etib tayinlandi. U 2024-yildan Yashnobod tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Hayot Inogamov Chilonzor tumani hokimi etib tayinlandi. U 2020-yildan Yangihayot tumaniga rahbarlik qilib kelgan.

Akmal Jumaboyev Yakkasaroy tumani hokimi etib tayinlandi. U 2021-yildan Sergeli tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.




Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring