Toshkent metrosida 56 ta yangi vagon qatnovga qo‘yildi

Asosiy rasm

Toshkent metropoliteni yo‘lovchilari uchun yana bir qulaylik yaratildi – metro parki 56 ta yangi vagon, ya’ni 14 ta zamonaviy poyezd tarkibi bilan boyidi.

2026-yilda xarid qilinishi rejalashtirilgan barcha yangi poyezdlar o‘quv yili boshlanishiga qadar olib kelindi. Natijada Toshkent metropolitenining vagon parki qariyb 70 foizga yangilandi.

Yangi avlod poyezdlari metropolitenning to‘rtta yo‘nalishida harakatlanmoqda. Ularning qatnovga qo‘yilishi, ayniqsa, tig‘iz vaqtlarda yo‘lovchilarning poyezd kutish vaqtini sezilarli qisqartirdi.

Hozirda tig‘iz vaqtlarda poyezdlar Chilonzor yo‘nalishida – 1,5–2 daqiqa, O‘zbekiston yo‘nalishida – 3 daqiqa, Yunusobod yo‘nalishida – 4 daqiqa hamda Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishida – 7–8 daqiqa oraliq bilan harakatlanmoqda.






Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring