Toshkent avtobuslarida çiptasiz yuriş böyiça qariyb 139 mingta bayonnoma tuzildi
2026-yilning yanvar–oktabr oylarida Toshkent şahri avtobuslarida yöl haqini tölamagan yölovçilarga nisbatan 138 780 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.
Bayonnomalarning 97 747 tasi 18–30 yoşdagilarga, 30 533 tasi esa 16–17 yoşdagilarga nisbatan tuzilgan. Bu ikki yoş toifasi hissasiga jami bayonnomalarning 92,4 foizi töğri kelgan.
Jinslar kesimida bayonnomalarning 105 272 tasi erkaklarga, 33 508 tasi ayollarga nisbatan rasmiylaştirilgan.
Vazirlik har bir yölovçi avtobusga çiqqaç, belgilangan tartibda yöl haqini tölaşi şartligini eslatgan.