Yo‘l va temir yo‘l infratuzilmasidagi kamchiliklar haqida maxsus bot orqali xabar berish mumkin
Fuqarolar Toshkent shahridagi avtomobil yo‘llarida olib borilayotgan noqonuniy qazish ishlari haqida Transport nazorati inspeksiyasiga xabar berishi mumkin.
Shuningdek, respublika bo‘ylab temir yo‘l obyektlarida harakat xavfsizligiga tahdid soladigan yoki belgilangan talablarga zid holatlar aniqlansa, bu haqda ham murojaat yo‘llash imkoniyati mavjud.
Aniqlangan kamchiliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Transport nazorati inspeksiyasining @tni_murojaat_bot maxsus aloqa boti orqali yuborish mumkin.
Kelib tushgan murojaatlar mas’ul xodimlar tomonidan o‘rganiladi. Aniqlangan holat qonunchilik doirasida belgilangan tartibda nazoratga olinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.
Yo‘l va temir yo‘l infratuzilmasining xavfsizligi barcha uchun muhim. Shu bois xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlarga befarq bo‘lmaslik so‘ralmoqda.
Muammoni ko‘rsangiz – xabar bering. Murojaatingiz kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishga xizmat qilishi mumkin.