Bektemirdagi ko‘prikda vodiydan Toshkentga harakat vaqtincha yopiladi
3-noyabr soat 10:00 dan 4-noyabr soat 07:00 gacha A373 «Toshkent–O‘sh» avtomobil yo‘lining 1-kilometridagi Chirchiq daryosi ko‘prigida vodiy–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakat yopiladi.
Cheklov Bektemir tumani hududidagi mazkur ko‘prikda ta’mirlash ishlari olib borilishi bilan bog‘liq.
Yuqorichirchiq tumanidan Toshkentga kiruvchi transport vositalari D012 «Bektemir–Chirchiq–G‘azalkent–Chorbog‘» yo‘lining 6-kilometridan Yik-ota va Farg‘ona yo‘li tomonga yo‘naltiriladi.