O‘zbekiston, Ozarbayjon va Turkiya harbiylari “Birlik kuchi – 2026” qo‘shma mashg‘ulotlarini boshladi

Asosiy rasm

Ozarbayjon Respublikasining Qorabog‘ iqtisodiy hududidagi “Qizilgaya” o‘quv-mashg‘ulot markazida Ozarbayjon, Turkiya va O‘zbekiston harbiylari ishtirokida “Birlik kuchi – 2026” qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mashg‘ulotlarga uch davlatning harbiy xizmatchilari, jangovar texnika, harbiy-dengiz va aviatsiya vositalari, shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlari jalb etilgan.

Mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi qo‘shma operatsiyalarga tayyorgarlik darajasini oshirish, qo‘shinlar o‘rtasidagi muvofiqlikni yaxshilash, o‘quv tartib-taomillarini standartlashtirish hamda bo‘linmalarning jangovar imkoniyatlarini rivojlantirishdan iborat.

Uch bosqichli mashg‘ulotlar “Qizilgaya” markazi bilan birga Naxichevan Muxtor Respublikasidagi “Qorabog‘lar” o‘quv-mashg‘ulot markazi va Kaspiy dengizining Ozarbayjon sektoridagi “Buyuk Zira” o‘quv-mashg‘ulot hududida ham o‘tkaziladi.






Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring