O‘zbekiston merganlari Janubiy Koreyadagi xalqaro musobaqada yana bir bor g‘olib bo‘ldi

Asosiy rasm

3–10-sentabr kunlari Janubiy Koreyada o‘tkazilgan “III Xalqaro merganlar musobaqasi”da O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi 1-o‘rinni egalladi.

Musobaqada 8 ta davlatdan 28 ta jamoa ishtirok etdi. Ishtirokchilar kunduzgi va tungi sharoitlarda, shahar, tog‘ va o‘rmon hududlarida murakkab taktik mashqlarni bajarishdi. Nishonlarning 40 foizini harakatlanuvchi va havodagi dron-nishonlar tashkil etdi.

Yakuniy natijalar:
– O‘zbekiston – 678,4 ball;
– Vyetnam – 666,6 ball;
– Turkiya – 471,1 ball.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring