Akmal Jumanazarov Mudofaa sanoati qo‘mitasi raisi etib tayinlandi

Asosiy rasm

Akmal Ro‘ziqulovich Jumanazarov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mudofaa sanoati qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.

Shu munosabat bilan u O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.

Akmal Jumanazarov 2024-yil fevralidan buyon mazkur agentlikka rahbarlik qilib kelayotgan edi. U 2023-yil fevralida elektr energetikasi va ko‘mir sanoati masalalari bo‘yicha energetika vazirining o‘rinbosari etib tayinlangan.

Bungacha Vazirlar Mahkamasining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.







Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring