Open budjet
•Nashr etilgan: Sentabr 17, 2026•5 daqiqa o'qish
2026-yilgi “Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumi doirasida jami 417 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb e’lon qilindi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan 50 dan ortiq ovoz to‘plagan, ammo asosiy bosqichda g‘olib bo‘la olmagan 346 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib sifatida tanlandi. Ularni moliyalashtirish uchun 240,3 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.
Shuningdek, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari qarorlariga asosan, mahalliy budjetlarning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan yana 71 ta loyiha g‘olib deb topildi. Mazkur loyihalarga 101 mlrd so‘m ajratiladi.
Shu tariqa, qo‘shimcha g‘olib bo‘lgan 417 ta loyihani moliyalashtirish uchun jami 341,3 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.