“Open budget”da majburiy ovoz berishga jalb qilinsangiz, 1176 raqamiga murojaat qiling
Davlat mehnat inspeksiyasi xodimlarni “Open budget” doirasida majburiy ravishda ovoz yig‘ish yoki ovoz berishga jalb qilish mehnat qonunchiligiga zid ekanini eslatdi.
Bunday holatga duch kelgan fuqarolar 1176 qisqa raqamiga murojaat qilishlari mumkin.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasiga ko‘ra, mehnatga ma’muriy tarzda majburlash BHMning 50 baravaridan 20 mln 600 ming so‘m 100 baravarigacha 41 mln 200 ming so‘m miqdorda jarimaga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, xodimlarni majburiy ravishda ovoz yig‘ish yoki ovoz berishga jalb qilgani aniqlangan loyiha “Tashabbusli budjet” jarayonidan chetlatilishi, mas’ul shaxslar esa javobgarlikka tortilishi mumkin.