Toshkent avtobuslarida bir kunda qariyb 1,5 mln yo‘lovchi tashilmoqda
“Toshshahartransxizmat” AJ ma’lumotiga ko‘ra, kompaniya tizimidagi 165 ta avtobus yo‘nalishida bir kunlik yo‘lovchi oqimi 1 491 117 nafarni tashkil etmoqda.
Jumladan, 16-sentabr kuni ertalabki tig‘iz vaqtda – soat 07:00 dan 10:00 gacha 343 997 nafar yo‘lovchi tashilgan.
Mazkur vaqt oralig‘ida eng yuqori yo‘lovchi oqimi 131-yo‘nalishda qayd etilib, undan 5 166 nafar yo‘lovchi foydalangan. Shuningdek, 116-yo‘nalishda 4 402 nafar, 24-yo‘nalishda 4 131 nafar, 38-yo‘nalishda esa 3 661 nafar yo‘lovchi tashilgan.