Hududlarda qator tayinlovlar amalga oshirildi

Asosiy rasm

O‘zbekistonning bir qator hududlarida hokimliklar va hududiy boshqaruv organlarida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Dilobar Kattabekova Sirdaryo viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. U bunga qadar Guliston davlat universitetida mas’ul lavozimda faoliyat yuritgan.

Ajiniyaz Kaypnazarov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egalladi. Bungacha u Iqtisodiyot va moliya vazirligida mas’ul lavozimda ishlagan.

Andijon viloyatida Rustamjon Egamberdiyev viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. U avval Xo‘jaobod tumani hokimining o‘rinbosari bo‘lgan.

Namangan viloyatida ikki tayinlov amalga oshirildi. Xondamir Axunbabayev viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi. U bunga qadar “Namangan erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat muassasasiga rahbarlik qilgan.

Azizbek Abdusalomov esa Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bungacha u Mingbuloq tumani hokimining birinchi o‘rinbosari edi.

Samarqand viloyatida ham rahbariyat tarkibida o‘zgarishlar bo‘ldi. Rustam Qobilov viloyat hokimining rasmiy delegatsiyalar tashrifi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U avval viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Jo‘rabek Suyunov esa Samarqand viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi. U bunga qadar viloyat Turizm boshqarmasini boshqargan.


Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring