Asadjon Xodjayev Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

Asosiy rasm

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining tegishli farmoyishi bilan Asadjon Azatbekovich Xodjayev Raqamli texnologiyalar vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Asadjon Xodjayev bunga qadar “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi boshlig‘ining maslahatchisi sifatida faoliyat yuritgan.

Тurli yillarda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktorining o‘rinbosari, Intellektual mulk agentligi Bosh direktori, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori, Bosh vazir apparati mudiri hamda Prezident Davlat maslahatchisi o‘rinbosari – Prezident Matbuot xizmati rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, u 2018-yildan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi direktori hamda Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 2020-yildan esa Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga rahbarlik qilgan.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring