Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash soliqlarni avtomatik ravishda oshirmaydi

Asosiy rasm

Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi brifingda ushbu tizimning asosiy maqsad va tartiblari haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, ommaviy baholash respublikadagi 9 milliondan ortiq bino va qariyb 8 million yer uchastkasining bozor qiymatiga yaqin qiymatini raqamli usulda aniqlash uchun amalga oshiriladi. Jarayon mulkdorlar uchun bepul.

Markaz ta’kidlashicha, ommaviy baholash natijasida aniqlangan qiymat soliqlar avtomatik ravishda oshishini anglatmaydi. Toshkent shahri bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi yakunlanib, tegishli qonun qabul qilingandan keyingina soliqqa tortish masalalari alohida ko‘rib chiqiladi.

Mulkdorlar baholash natijalarini davreestr.uz yoki my.gov.uz orqali ko‘rishi va o‘z munosabatini bildirishi mumkin. Fikr bildirish majburiy emas, biroq bildirilgan e’tiroz va takliflar baholash aniqligini oshirishga xizmat qiladi.

Ommaviy baholash 2025–2026-yillarda Toshkent shahrida, 2026–2027-yillarda Nukus shahri va viloyat markazlarida, 2027-yildan esa respublikaning qolgan hududlarida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring