Parkent – Toshkent – Parkent yo‘nalishida yangi shaharlararo elektropoyezd qatnovi boshlandi

Asosiy rasm

7-sentabr kuni “Parkent – Toshkent – Parkent” yo‘nalishida zamonaviy shaharlararo elektropoyezd yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshladi.

Mazkur yo‘nalish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi PQ–28-son qarori asosida amalga oshirilgan “Baytqo‘rg‘on – Parkent” temir yo‘l liniyasi qurilishi doirasida tashkil etildi.

Loyiha doirasida 24 kilometr elektrlashtirilgan temir yo‘l, 3 ta temir-beton ko‘prik, 1 ta avtomobil yo‘l o‘tkazgichi, 76 ta suv o‘tkazish inshooti, 16 ta avtomobil va temir yo‘l kesishmasi hamda 50 o‘rinli “Parkent” temir yo‘l bekati barpo etildi.

Yangi elektropoyezdda 586 ta o‘rindiq mavjud bo‘lib, umumiy sig‘imi 1 154 nafargacha yo‘lovchini tashkil etadi.

Chipta narxi kattalar uchun 10 ming so‘mgacha, 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun esa 6,5 ming so‘m etib belgilangan.

Parkent va Toshkent o‘rtasidagi yo‘l vaqti 50 daqiqani tashkil etadi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring