“Urganch Aerovokzal – Xiva – Urganch Aerovokzal” yo‘nalishida tezyurar elektropoyezd qatnovi boshlandi

Asosiy rasm

“Urganch Aerovokzal – Xiva – Urganch Aerovokzal” yo‘nalishida zamonaviy tezyurar elektropoyezd yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshladi.

Elektropoyezd 6 ta vagondan iborat bo‘lib, 415 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan. Uning harakat tezligi 160 km/soatgacha yetadi.

Poyezdda yo‘lovchilar uchun “Ekonom” toifasidagi zamonaviy va qulay o‘rindiqlar, har bir o‘rindiqda USB quvvatlantirish qurilmalari, vagonlarda esa iqlim nazorati tizimi mavjud. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan yo‘lovchilar uchun maxsus joylar ajratilgan.

7055-sonli “Urganch Aerovokzal – Xiva” poyezdi:

Urganch Aerovokzal – 08:40
Urganch – 08:59–09:02
Xiva – 09:22

7058-sonli “Xiva – Urganch Aerovokzal” poyezdi:

Xiva – 21:00
Urganch – 21:20–21:23
Urganch Aerovokzal – 21:42

Chipta narxlari:

Kattalar uchun – 25 000 so‘m
Bolalar uchun – 14 000 so‘m

Chiptalarni eticket.railway.uz elektron platformasi orqali xarid qilish mumkin.

Ma’lumot uchun qisqa raqam – 1005.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring