Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Yerlan Karinni vitse-prezident lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Qaror Qurultoy nomzodni qo‘llab-quvvatlaganidan so‘ng qabul qilindi.
Yerlan Karin bunga qadar davlat maslahatchisi hamda Prezident Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Yangi lavozim vitse-prezidentga davlat organlarida prezident nomidan vakillik qilish vakolatini beradi. Shuningdek, davlat rahbari o‘z vakolatlarini muddatidan oldin tugatgan yoki vafot etgan taqdirda, vitse-prezident uning vazifalarini bajaradi.