Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan bir guruh soha vakillari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Asosiy rasm

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan turli soha vakillarini taqdirlashga oid bir qator farmonlar qabul qilindi.

Xususan, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at sohasi hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhi davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, davlat xizmatchilari, ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy soha vakillari, shuningdek harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhi ham yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo‘ldi.

Bundan tashqari, chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar ham mukofotlandi.

Shu bilan birga, alohida farmon bilan bir guruh shaxslar “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.







Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring