22 nafar temiryoʻlchi “Faxriy temir yoʻlchi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi
Temir yoʻl transporti xodimlari kuni arafasida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJda tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda jamiyat boshqaruvi raisi Z. Narzullayev soʻzga chiqib, xodimlarni kasb bayrami bilan tabrikladi.
Tadbir davomida 22 nafar xodim koʻp yillik samarali mehnati va yuqori ishlab chiqarish koʻrsatkichlari uchun “Faxriy temir yoʻlchi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Temir yoʻllar hamkorligi tashkiloti (OSJD)ning 70 yilligi munosabati bilan 8 nafar rahbar OSJDning Faxriy diplomlari bilan taqdirlandi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-avgustdagi Farmoniga muvofiq, har yili avgust oyining birinchi yakshanbasi mamlakatimizda Temir yoʻl transporti xodimlari kuni sifatida nishonlanadi.