Sardor Mirzaraimov Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi
Polkovnik Sardor Tahirovich Mirzaraimov Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i o‘rinbosari – jinoyat qidiruv xizmati boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.
Yangi lavozimda Sardor Mirzaraimov viloyatda jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish va ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish yo‘nalishlariga rahbarlik qiladi.