Timur Ismailov Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Asosiy rasm

Timur Kamalitdinovich Ismailov Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Yangi lavozimda Timur Ismailov ichki ishlar organlarida jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va tegishli tizimlar faoliyatini muvofiqlashtirish yo‘nalishlariga rahbarlik qiladi.





Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring