Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Asosiy rasm

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasida bir qator rahbarlik lavozimlariga yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Jamshid Olimovich Urunov qo‘mita raisining o‘simliklar karantini va himoyasi yo‘nalishi bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. U bunga qadar Biznes-ombudsman o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Xurshid Xotamjanovich Raxmatullayev qo‘mita raisining moliya va iqtisod yo‘nalishi bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Avval u “O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari bo‘lgan.

Furqat Zakirovich Djalilov qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u Prezident Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti bosh inspektori edi.

Elyor Xolmatovich Talaboyev esa qo‘mita raisining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.






Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring