Olim Davlatov Prezident maslahatchisi etib tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan Olim Davlatovich Davlatov Prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Shu bilan birga, Ruslanbek Quroltayevich Davletov mazkur lavozimdan ozod etildi.