Biznes-ombudsmanning Axborot xizmati rahbari tayinlandi
Salaxov Sadullo Najmiddinovich Biznes-ombudsman devonining Axborot xizmati rahbari – Biznes-ombudsmanning Axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
S. Salaxov tayinlovga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda boshqa davlat idoralarida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.