Davlat kadastrlari palatasi rahbariyatida o‘zgarish bo‘ldi
Davlat kadastrlari palatasida Kadastr agentligi direktori Sadriddin Turdiyev ishtirokida tashkiliy yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Davlat kadastrlari palatasi raisi Mohir Valiyevning boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Karimov Behzodjon Ilhomovich Davlat kadastrlari palatasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangani ma’lum qilindi.