9-avgustdan bankdan hujjatlarsiz 500 dollargacha naqd xorijiy valyuta olish mumkin bo‘ladi
Endilikda fuqarolar bankdan 500 AQSH dollarigacha bo‘lgan naqd xorijiy valyutani pasport, ID-karta yoki ularning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjatlarsiz olishlari mumkin bo‘ladi.
Tegishli idoraviy hujjat Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan bo‘lib, 2026-yil 8-may kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Amaldagi tartibga ko‘ra, mijozlar hujjatlarsiz faqat 100 dollargacha naqd valyuta olishi mumkin edi. Yangi o‘zgarish bilan ushbu limit 5 barobarga oshirilmoqda.