“Oʻzbekneftgaz” tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Asosiy rasm

“Oʻzbekneftgaz” AJ tizimida qator rahbarlik lavozimlariga yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Qudratov Rufat Rustamovich “Oʻzbekneftgaz” AJning Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi direktori lavozimiga tayinlandi. U mazkur tayinlovga qadar “Oʻzneftgazquduqtaʼmirlash” AJ bosh direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Nabiyev Mansur Mahmudovich “Oʻzneftgazquduqtaʼmirlash” AJ bosh direktorining vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U bungacha jamiyatda bosh direktor oʻrinbosari – bosh muhandis lavozimida ishlab kelgan.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring