Axadxon Isoqjonov Energiya nazorati inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari bilan Axadxon Ikromjonovich Isoqjonov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, Dadajon Aynaqulovich Isaqulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan mazkur inspeksiya boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.