Sherzod Xodjayev energetika vaziri etib tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan Sherzod Xikmatullayevich Xodjayev O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.
Qayd etilishicha, bundan avval Sherzod Xodjayevning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.
Shuningdek, Jo‘rabek Tursunpulatovich Mirzamahmudov O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri lavozimidan ozod etildi.