Raqobat qo‘mitasi milliy brendlar muammolari bo‘yicha murojaatlarni qabul qilmoqda
Raqobat qo‘mitasi davlat rahbarining topshiriqlari ijrosini ta’minlash, milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash va mahalliy ishlab chiqaruvchilar faoliyatini rivojlantirish maqsadida tadbirkorlardan murojaat va takliflarni qabul qilmoqda.
Murojaatlar quyidagi masalalar bo‘yicha qabul qilinadi:
– mahalliy mahsulotlarga nisbatan insofsiz raqobat, jumladan demping narxlarni qo‘llash, tovar belgisini qalbakilashtirish, milliy brendni obro‘sizlantirish, tijorat sirini noqonuniy olish yoki oshkor etish hamda bozorga kirishga to‘sqinlik qilish;
– import qilinayotgan kontrafakt mahsulotlar;
– faoliyat yuritishdagi byurokratik to‘siqlar;
– ichki va tashqi bozorlarga chiqishdagi muammolar;
– raqobatni cheklayotgan boshqa holatlar.
Tadbirkorlar murojaat va takliflarini @rquzbot Telegram boti orqali yuborishlari mumkin.
Qo‘mita barcha murojaatlarni o‘rganib chiqib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rishini ma’lum qildi.