Toshkent metrosi uchun 3 ta yangi poyezd olib kelindi
Toshkent metropoliteni harakat tarkibini yangilash doirasida 3 ta yangi poyezd olib kelindi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu xaridlar natijasida zamonaviy harakat tarkiblari soni 47 taga yetkazildi.
Shuningdek, 2026-yil sentyabr oyiga qadar yana 8 ta 4 vagonli harakat tarkibi xarid qilinishi rejalashtirilgan. Bu orqali poyezdlar sonini yanada oshirish va yo‘lovchilarga qulay xizmat ko‘rsatish ko‘zda tutilgan.