Kadastr agentligi korrupsiya haqida xabar berish uchun Telegram-bot ishga tushirdi

Asosiy rasm

Kadastr agentligi korrupsiya va ta’magirlik holatlari haqida tezkor xabar berish imkonini beruvchi Telegram-botni ishga tushirdi.

Endi fuqarolar kadastr organlari xodimlarining korrupsion yoki ta’magirlik harakatlari yuzasidan @kadastr_komplaens_bot orqali murojaat yo‘llashlari mumkin.

Ma’lum qilinishicha, murojaat etuvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi. Shu bilan birga, murojaatlarda keltiriladigan ma’lumotlarni asoslangan, aniq va dalillar bilan taqdim etish so‘ralgan.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring