O‘simliklar karantini va himoyasi agentligida yirik korrupsion sxema fosh etildi

Asosiy rasm

Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro G.U. O‘simliklar karantini va himoyasi agentligida ishlovchi tanishlari orqali Turkiyaning “Y.T.” korxonasini xorijiy eksportyor korxonalar reyestriga kiritib berishi evaziga 1 000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tergovga qadar tekshiruvda fuqaro G.U. va agentlikning bosh mutaxassisi M.G. o‘zaro til biriktirib, “S.S.” MChJga Rossiya Federatsiyasidan yog‘och va Turkmaniston Respublikasidan pomidor mahsulotlarini import qilishda import karantin ruxsatnomasini rasmiylashtirib berishi evaziga 2,9 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Bundan tashqari, fuqaro **G.U.**ning 2 ta bank plastik kartasiga fuqarolardan P2P shaklida 10,9 mlrd so‘m kelib tushgan bo‘lib, shundan atigi 1,6 mlrd so‘m to‘lovlar uchun sarflangan, 6,1 mlrd so‘m naqdlashtirilib agentlikning mas’ul xodimlariga berilgan, qolgan 3,1 mlrd so‘m esa shaxsiy ehtiyojlar uchun ishlatilganligi aniqlangan.

Shuningdek, agentlik va uning quyi tashkilotlari g‘azna hisob raqamlariga kelib tushgan 91,7 mlrd so‘m tahlil qilinganda, 14,9 mlrd so‘mlik to‘lovlar 759 nafar fuqaroning plastik kartalari orqali amalga oshirilgani, shundan 174 nafari agentlik tizimi xodimi, 34 nafari esa ularning yaqin qarindoshlari ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

O'xshash maqolalar topilmadi.

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring