Prezident Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga Rustam Jo‘rayev tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan Rustam Mirzayevich Jo‘rayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlandi. Shuningdek, unga general-leytenant maxsus unvoni berildi.
Alisher Abrorovich Usmonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimidan bo‘shatildi.