Anomal issiq sabab poyezdlar tezligi cheklanmoqda

Asosiy rasm

O‘zbekistonda kuzatilayotgan anomal issiq ob-havo sharoiti tufayli ayrim temiryo‘l uchastkalarida poyezdlar harakat tezligiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etilmoqda.

Mazkur choralar yo‘lovchilar va poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, temiryo‘l infratuzilmasining barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan ayrim poyezdlar harakat jadvalida belgilangan vaqtdan kechroq manzilga yetib borishi mumkin.

Yo‘lovchilardan safarlarni rejalashtirishda ushbu holatni inobatga olish so‘ralmoqda.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring