"Toshkent – Bekobod – Toshkent" yo‘nalishida yangi zamonaviy elektropoyezd harakatlanadi

Asosiy rasm

2026-yil 18-iyuldan boshlab "Toshkent – Bekobod – Toshkent" shaharlararo elektropoyezdi yangi zamonaviy tarkib bilan harakatlanadi.

Yangi elektropoyezd konditsioner tizimi, USB quvvatlantirish portlari, qulay va zamonaviy o‘rindiqlar, videokuzatuv hamda audio-axborot tizimi, shuningdek, imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar uchun maxsus chiqish-tushish moslamalari va maxsus o‘rindiqlar bilan jihozlangan.

Poyezdlarning qatnov jadvali quyidagicha:

7050-sonli "Toshkent – Bekobod"
Toshkent Markaziy vokzal – 18:34
Toshkent Janubiy vokzal – 18:42–18:44
Rahimova – 18:50–18:51
O‘zbekiston – 19:03–19:05
Yangiyo‘l – 19:12–19:14
Chinoz – 19:36–19:38
Sirdaryo – 19:52–19:54
Guliston – 20:20–20:22
Yangiyer – 20:41–20:43
Xovos – 21:00–21:02
Farhod – 21:21–21:23
Bekobod – 21:38

7049-sonli "Bekobod – Toshkent"
Bekobod – 06:00
Farhod – 06:15–06:17
Xovos – 06:36–06:38
Yangiyer – 06:55–06:57
Guliston – 07:17–07:19
Sirdaryo – 07:45–07:47
Chinoz – 08:01–08:03
Yangiyo‘l – 08:25–08:27
O‘zbekiston – 08:34–08:36
Rahimova – 08:48–08:50
Toshkent Janubiy vokzal – 08:56–09:08
Toshkent Markaziy vokzal – 09:16

Chipta narxlari:
Kattalar – 15 000 so‘m
Bolalar – 9 000 so‘m

Chiptalarni temir yo‘l kassalari hamda e-ticket.railway.uz elektron platformasi orqali xarid qilish mumkin.

Ma'lumot uchun: 71 237 89 14

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring