Bank tizimidagi muammolarni tahlil qilish bo‘yicha loyiha ofisiga yangi sektor mudiri tayinlandi
Prezident Administratsiyasining Bank tizimidagi muammolarni tahlil qilish bo‘yicha loyiha ofisiga Farrux Talipjanovich Abdurahmonov sektor mudiri etib tayinlandi.
Farrux Abdurahmonov mehnat faoliyatini 2003-yilda O‘zmilliybank tizimida boshlagan.
U 2018-yildan buyon «O‘zsanoatqurilishbank» tizimida faoliyat yuritib kelmoqda. So‘nggi yillarda esa Boshqaruv raisi o‘rinbosari sifatida davlat dasturlarini amalga oshirish, kreditlar monitoringi hamda bankning strategik rivojlanishiga oid yo‘nalishlarga rahbarlik qilib kelgan.